Buxoroda yangi tug‘ilgan nabirasini 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati Peshku tumanida ona va uning qizi yangi tug‘ilgan chaqaloqni 8 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Peshku tumani “Valfajir” mahallasida yashovchi, fuqaro J.F. (ayol) endi dunyoga kelgan farzandini sotish maqsadida, o‘z onasi bilan ushbu jirkanch jinoyatni sodir etish uchun oldindan jinoiy til biriktirgani ma’lum bo‘ladi.

Natijada ona va qiz bir guruh bo‘lib, tibbiyot muassasasi hududida chaqaloqni o‘zga bir fuqaroga 8 mln so‘mga baholab sotayotgan vaqtida qo‘lga tushadi va bu ish tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ona va qizga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-modda 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing