Buxoroda yana bir shaxs 20 ming dollar bilan ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida yana bir shaxs 20 ming AQSH dollari bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.R. Buxoro tumani Ko‘chk’umar mahallasi hududida joylashgan MCHJga ijara huquqi asosida ajratilgan 278 gektar suv havzalaridan iborat ob’ektning 4 gektar qismini 280 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelgusida mansabdor tanishlari orqali alohida mulk sifatida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan puldan 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik ) 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan ushlangandi. Shuningdek, Namanganda ham prokuratura xodimi pora bilan ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing