Buxoroda o‘qituvchi telefon o‘ynab o‘tirgan sinfda o‘quvchilar mushtlashdi (video)
3-sahifa
−
29 noyabr
9348Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchi sinfda telefon o‘ynab o‘tirgan paytda o‘quvchilar janjallashgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 14 sentyabr kuni Shofirkon tumanidagi 13-ixtisoslashtirilgan maktabdagi o‘quv jarayonida 8-sinf o‘quvchilari va tarix fani o‘qituvchisi G.J ishtirokida yuz bergan.
Videoda o‘qituvchi darsda telefondan foydalanayotgan paytda orqa partadagi ikki bola mushtlashgani tasvirlangan. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar yoniga borgan va ularning birining yuziga tarsaki tushirgan.
“Pedagogik talablarni qo‘pol ravishda buzganligi uchun o‘qituvchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘timiz, avvalroq Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 6-umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi 34 yoshli M.A. (erkak) qo‘shimcha dars o‘tayotgan vaqtida 9-sinf o‘quvchisi 2009 yilda tug‘ilgan Q.S. (o‘g‘il bola) dars jarayonida o‘qituvchini go‘yoki chalg‘itgani tufayli o‘quvchini haqorat qilib, urib do‘pposlagandi. Holatni maktab ma’muriyati nazoratga olgan, o‘qituvchining xatti-harakatini qoralab, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan.
LiveBarchasi