Buxoroda to‘y korteji YTHga uchradi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Olot tumanida to‘y karteji yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Olot tumanida to‘y karteji keskin harakatlangan. Cobalt va Malibu haydovchilar o‘zaro yo‘l talashgan. Oqibatda Cobalt moshinasi Malibu bilan to‘qnashib, yo‘l chetiga borib urilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-10-moddasi (haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) hamda 133-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tumani sudida ko‘rib chiqilgan va haydovchiga nisbatan bir yil muddatga transport vositasini boshqarishdan mahrum qilish jazosi tayinlangan hamda bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (10 mln 300 ming so‘m) jarima berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonning Xatlon viloyati Dang‘ara-Sarband avtomobil yo‘lida to‘y korteji bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro avariya Olot to'y karteji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing