Buxoroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga chiqariladigan tabiiy gaz zaxirasi topildi
Jamiyat
−
25 fevral 2020
9029“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati “Gazli” neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Uchqir” gazokondensat konidagi 203-sonli quduq 1968 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, uzoq yillar O‘zbekiston neft va gaz sanoati rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib keldi.
Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida joylashgan mazkur quduq 2011 yilgacha to‘liq faoliyat olib borib, u yerdan tabiiy gaz olingan va keyinchalik quduq faoliyati tugatilib, “Tugatilgan quduqlar fondi”ga o‘tkazilgan edi.
qMa’lumotlarga ko‘ra, Quduqning 14-qatlamida, ya’ni 1638-1628 metr, 1618-1616 metr chuqurlikda perforatsiya ishlari o‘tkazilib, uni ta’mirlash ishlari olib borildi. Ta’mirlash ishlari sababli esa faoliyati tugatilgan quduqda oltingugurtsiz tabiiy gaz zaxirasi mavjudligi aniqlangan va hozirda kunlik 100 ming metr kub sanoat miqyosidagi tabiiy gaz qazib olinishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
“Shuni alohida ta’kidlash kerakki, konning 14-qatlamidan olinayotgan oltingugurtsiz tabiiy gaz qo‘shimcha qayta ishlashni talab qilmaydi, ushbu quduqdagi tabbiy gazni to‘g‘ri iste’mol uchun yo‘naltirsa bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi