Buxoroda saksovul o‘g‘rilari jarimaga tortildi (video)
3-sahifa
−
19 noyabr
4109Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari cho‘l hududlaridan saksovul o‘simliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan reyd tadbirlarda Romitan tumanida tabiatga 6,2 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan va huquqbuzarlik bo‘yicha 2 nafar fuqaroga 18,7 mln so‘m jarima belgilandi (jami 24,9 mln so‘m).
Olot tumanida esa tabiatga 5,2 mln so‘m zarar yetkazgan fuqaro M.A.ga 9,4 mln so‘m jarima qo‘llanilgan (jami 14,6 mln so‘m).
Shuningdek , vazirlik bu kabi reyd tadbirlari respublikaning boshqa hududlarida ham davom etayotganini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro viloyati bo‘ylab saksovulning noqonuniy kesilishiga qarshi reyd tadbirlarida o‘tkazilganda 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlangandi. 25 ta holatda tabiatga 29 million 702 ming 400 so‘m zarar yetkazilgan va 222 million 900 ming so‘m jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 so‘m tovon to‘lashi belgilangan.
Muhammad Hodiyev