Buxoroda Rossiyaga boruvchilarga soxta chipta tayyorlab sotganlar ushlandi. Ular 17 kishini “uxlatgan”.

Jamiyat

image

Buxoroda fuqarolarni Rossiya Federatsiyasiga jo‘natish uchun soxta aviachiptalar tayyorlab bergan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.S. va S.R. oldindan til biriktirib, fuqarolarni aldab, Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tanishlari orqali olib berishga ishontirgan.

Buning evaziga ularning har biridan 1300 AQSH dollaridag olib, “Buxoro-Jukovskiy” charter avia reysiga soxta chiptalarni tayyorlab berib, jami 17 nafar fuqaroning 22 ming 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.S.  va S.R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing