Buxoroda “prava”ni hal qilib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
27 Sentabr 2023
6271Buxoro viloyati Vobkent tumanida fuqarodan haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib berish uchun 700 dollar olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar O‘.S. va Sh.X. fuqaro N.Sh.ga haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib berishini aytib, evaziga 700 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.G. va A.A. fuqaro M.M.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 600 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Jondor tumanida o‘tkazilgan tadbirda esa fuqarolar Z.A. va M.S. fuqaro M.R.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini imtihonlarsiz olib berishni va’da qilib, evaziga so‘ralgan 400 dollarni qo‘lga kiritgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tanishining o‘g‘lini 1500 AQSH dollari evaziga Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi