Buxoroda kadastr muhandisi 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida tadbirkorning binosini foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan kadastr muhandisi ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Buxoro shahar bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali yetakchi muhandisi M.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, tumandagi “Bo‘zachi” MFY hududida joylashgan tadbirkor J.S.ga tegishli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ob’ekti binosini Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi va foydalanishi uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga fuqaro A.X.dan 3 000 AQSH dollarini olganligi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatida tadbirkorning 20 mln so‘mini qo‘lga kiritgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandislari ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Buxoro kadastr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing