Buxoroda fuqaro Milliy gvardiya xodimini qasddan mashinada urib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 20 dekabr kuni Buxoro viloyatida Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. o‘ziga biriktirilgan hududda xizmatga jalb qilingan. Ular 20 dekabr soat 05:15 atrofida Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Qumli GTK mobil” yo‘nalishining 34—42-kilometridagi yo‘nalishni qo‘riqlash uchun “Niva” avtomobilida qo‘riqlanadigan hududga boradi.

Xodimlar xizmat vaqtida yo‘nalish quvurining taqiqlangan qismidan “UAZ” avtomashinasi harakatlanib kelayotganini ko‘rgan va unga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Haydovchi, Qorako‘l tumani “Kuydim” mahallasida yashovchi A.A. (1977 yilda tug‘ilgan) xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay harakatlanishni davom ettirgan va Milliy gvardiy safdori H.A.ni avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuborgan. Qonunbuzar fuqaro qochib ketgan, xodim esa og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” (xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni qasddan o‘ldirish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing