Buxoroda firibgar “DXX xodimi” ushlandi

Jamiyat

image

Buxoroda o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan shaxs bir necha kishini chuv tushurdi. Bu haqda “Postda” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahrida vaqtincha yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan S.O‘. joriy yilning avgust oyi boshlarida o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro S.Sh.ga o‘zini DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimi deb tanishtirib, 500 AQSH dollari evaziga Qorako‘l tumanidagi zavodga ishga kiritishini va’da qilib, undan 500 AQSH dollarini olgan. Ushbu mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Shuningdek, S.O‘. o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, noyabr oyi boshlarida fuqaro U.Sh.ning ishonchiga kirib, unga ham o‘zini DXX viloyat boshqarmasi xodimi deb tanishtirgan. So‘ng 500 AQSH dollari evaziga Qorako‘l tumanidagi zavodga ishga kiritishini aytib, undan 400 AQSH dollarini olgan. Xuddi shu tarzda fuqaro U.Q.dan 2 million 850 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S.O‘. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Undan qalbaki guvohnoma, fuqarolarning pasport nusxalari hujjatlashtirib olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra S.O‘.ning firibgarligi qurboniga aylanganlar soni o‘n nafardan ortishi taxmin qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Buxoro

Baholaganlar

114

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing