Buxoroda erkak 21 yoshli yigitni do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
31 yanvar 2022 11068 2 daqiqa
Buxoro viloyatining Kogon tumanida erkak o‘zaro janjal oqibatida 21 yoshli yigitni do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.
Joriy yilning 28 yanvar kuni soat 02:30 larda 31 yoshli J.J. Kogon tuman Jomard qishlog‘i 71-uy oldidan o‘tgan ichki yo‘lda 21 yoshli I.A. bilan uchrashib, o‘zaro kelishmovchilik oqibatida u bilan janjallashib qolgan. Natijada J.J. fuqaro I.A.ni bosh va yuz sohalariga qo‘li bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda I.A. olgan tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Buxoro filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan J.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, jinoyatning kelib chiqishning sababi J.J. bir kun oldin mast holda bo‘la turib, jabrlanuvchi bilan telefon orqali bir-birlarini haqorat qilishib, so‘ngra yuqorida ko‘rsatilgan manzilda uchrashgan va natijada J.J. jabrlanuvchiga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Live
Barchasi