Buxoroda er rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Buxoro viloyati Kogon shahrida er rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Kecha, 28 may kuni soat 17:30 larda Kogon shahrida yashovchi Sh.X. turmush o‘rtog‘i G.X. bilan oilaviy kelishmovchilik (rashk tufayli) masalasida o‘zaro tortishib, janjallashgan.

Janjal paytida er oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining tanasining turli sohalariga (ko‘krak, bo‘yin, qo‘l) bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Shuningdek, janjalni to‘xtatish maqsadida harakat qilgan gumonlanuvchining onasi O.X. ham o‘ng bilak sohasidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Sh.X. Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oilaning 2 nafar farzandi bo‘lgan, ayol go‘zallik salonida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing