Buxoroda dron sabab hibsga olingan rossiyalik ozod qilindi

Jamiyat

image

Buxoro aeroportida dron sabab ushlangan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Maksim Limar ozod qilindi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u 2022 yil 9 fevralda Novosibirskka qaytishni rejalashtirmoqda.

“Biz O‘zbekiston tomoniga ushbu masalani tezkorlik bilan hal qilgani uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari rossiyalikning ozod qilinishi bo‘yicha hozircha hech qanday ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya fuqarosi Maksim Limar 3 fevral kuni Buxoro aeroportida Novosibirskka uchib ketish vaqtida aeroportda ushlangandi.

Keyinroq Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi vaziyatga munosabat bildirib, rossiyalik blogerga tazyiq bo‘lmaganini ma’lum qildi.

“O‘zaviatsiya” agentligi ham holatga munosabat bildirib, Maksim Limarning droni O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat berilgan uchuvchisi uchish apparatlari toifasiga kirmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing