Buxoroda dron bilan ushlangan rossiyalik blogerga qanday chora ko‘rildi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Buxoro aeroportida dron sabab qo‘lga olingan Rossiya fuqarosi Maksim Limar uy qamog‘idan ozod etilgani va 9 fevral kuni Novosibirskka qaytib ketishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasining matbuot kotibi Dmitriy Danilov rossiyalik blogerga qanday chora ko‘rilgani haqida “Sputnik”ka ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, blogerga nisbatan hech qanday jiddiy chora ko‘rilmagan, shunchaki kvadrokopter konfiskatsiya qilingan xolos. Kvadrokopter vazni yengil bo‘lishiga qaramasdan, unga foto va video suratga oluvchi moslamalar o‘rnatish mumkin. Bunday holatda u avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan uchuvchisiz apparatlar toifasiga kiritiladi.

“Qo‘rqinchli hech narsa sodir bo‘lmadi. O‘zbekiston avvalgiday mehmondo‘st va sayyohlar uchun ochiq mamlakat bo‘lib qolmoqda. Lekin kelishdan oldin hech bo‘lmasa ushbu mamlkat qonunchiligi bilan ozgina bo‘lsada tanishish kerak. Ayniqsa siz jurnalistika yoki blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz”, deydi Danilov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya fuqarosi Maksim Limar 3 fevral kuni Buxoro aeroportida Novosibirskka uchib ketish vaqtida aeroportda ushlangandi.

Keyinroq Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi vaziyatga munosabat bildirib, rossiyalik blogerga tazyiq bo‘lmaganini ma’lum qildi.

“O‘zaviatsiya” agentligi ham holatga munosabat bildirib, Maksim Limarning droni O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat berilgan uchuvchisiz uchish apparatlari toifasiga kirmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing