Buxoroda bo‘yoq sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 19 aprel kuni Buxoro shahridagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yiik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yong‘in tunda soat 01:50da shaharning Sanoatchilar ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Siti-Bilding” MCHJ qurilish mollari (har xil turdagi bo‘yoq) ishlab chiqarish sehida chiqqan. Binoning 1500 kv.m maydonda tom qismi yongan. O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga 01:54 da yetib borib, 03:57 yogg‘inni batamom o‘chirgan. Yong‘indan ob’ektning 10 000 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Voqea joyiga Viloyat FVB boshlig‘i polkovnik A.Abduxalikov, viloyat FVB shtab boshlig‘i podpolkovnik I.Matchanov, viloyat TBM xodimlari va shahar FVB boshlig‘i podpolkovnik B.Xudoyberdiyev chiqqan.

Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘inga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipajii jalb etilgan. Yong‘in oqibatida fuqarolar orasida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made