Buxoroda bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image
Is gazidan zaharlanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Joylarda esa gaz yo‘q north_east

Is gazidan zaharlanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Joylarda esa gaz yo‘q

Kecha, 23 dekabr kuni Kogon shahrida ona va ikki bolasi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati FVB xabar berdi.

Soat 16:50 da Kogon shaxar IIB navbatchilik qismiga “Xo‘jabargi” MFY, Farovonlik ko‘chasi, 120-uyda yashovchi S.Q.ning uyidagi isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib, oila a’zolari (xotini va ikki nafar farzandi) vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. 

“Tergovga qadar tekshiruv davomida marhum N.Q. va uning farzandlari S.S. hamda B.H. ning o‘limi bilan bog‘liq holatni aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan”, deyiladi ma’lumotda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing