Buxoroda ayol jazmanini pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
26 dekabr 2020
26156Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 35 yoshli turmush qurmagan ayol o‘zi yashab kelgan uyda oilasi bilan ajrashgan 44 yoshli erkak bilan uchrashib kelgan.
Ayol navbatdagi uchrashuvda spirtli ichimlik ta’sirida erkak bilan janjallashib qolgan. Shu payt u jazmanining soniga oshxona pichog‘i bilan bir marta zarba bergan. Bu haqda “Zamon” dasturida ma’lum qilindi.
Natijada erkak tuman shifoxonasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qism "d" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi