Buxoroda avtobus YTH ga uchradi

Jamiyat

image

Kecha, 4 avgust kuni soat 18:30 larda Buxoro viloyati hududida yo‘l transport hodisasi yuz  berishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH “Olma-ota – Nukus” halqaro avtobus yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Qozog‘iston Respublikasi “Yug Trans Layn” avtokorxonasiga tegishli bo‘lgan VANHOOL rusumli avtobus ishtirokida Jondor tumani “Luqmon” MFYga qarashli cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro yo‘lining 299 kilometrida sodir bo‘ldi.

Yo‘l - transport hodisasi oqibatida avtobusdagi 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, 10 nafar yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avtobusda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Qolgan yo‘lovchilar, voqea joyiga qo‘shimcha avtobus tashkil qilinib o‘z manzillariga yetkazilgan. Ayni damda ushbu holat yuzasidan tergov-surushtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

52

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing