Buxoroda avtobus yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 17 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumanida avtobus yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 17 yanvar kuni soat 09:30 larda, Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylashgan “Jondor” avtoturargohining oxirgi bekatida, 76-yo‘nalishda harakatlanuvchi, haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan Z.O. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtobusning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in avtobus

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing