Buxoroda “Asakabank” mansabdorlari Prezident qarori bilan ajratilgan 2 mln dollarni o‘zlashtirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Buxoroda “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali mansabdori O‘zbekiston Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi ko‘ra, meva-sabzavotchilikni rivojlantirish loyihasi uchun “Osiyo taraqqiyot banki” mablag‘lari hisobidan ajratilgan 2 mln AQSH dollarini o‘zlashtirib yubordi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Bank mansabdori “Asakabank” Buxoro viloyati filiali mansabdori OTB mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, bir guruh shaxslar, ya’ni “G.B.A.” MCHJ rahbari, “Asakabank” Buxoro viloyati filiali boshqa mansabdorlari, “Asakabank” bosh ofisi mansabdor shaxslari hamda “K.s” MCHJ mansabdorlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.

Ular “Asakabank”ning 2017 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatida belgilangan kredit ajratishning umumiy mezoni talablariga zid ravishda, kredit summasining garov ta’minoti bilan yetarli miqdorda ta’minlanmaganini bila turib, kredit yig‘ma jilddagi ayrim hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish hamda mansab soxtakorligida ifodalangan xatti-harakatlari bilan kredit qaytarilishini ta’minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga kredit asosiy qismi to‘lanmagani natijasida 1 282 630 AQSH dollari (ekvivalentda 13,5 mlrd so‘m) hamda foiz va penya qarzdorligi hisobidan 358 084 AQSH dollari (ekvivalentda 3,7 mlrd so‘m) miqdorida zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Asakabank

Baholaganlar

164

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar