Buxoroda axlat tashuvchi mashina ona va uning 2 yashar bolasini bosib ketdi
3-sahifa
−
13 aprel 2022
8620Buxoro shahrida axlat tashuvchi mashina ona va uning ikki yashar bolasini bosib ketdi. Oqibatda ona-bola vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 12 aprel kuni soat 11:05 larda Buxoro shahar “Istiqlol" mahallasi bo‘ylab boshqarib borib, ushbu ko‘chadagi 84/1-sonli ko‘p qavatli uyning orqa tomonida joylashgan chiqindixona oldida yuz bergan. Sh.N. ismli shaxs o‘z boshqaruvidagi “Aholi Trans” MCHJga qarashli SHACMAN rusumli chiqindi tashish avtomashinasini chiqindixonadan chiqib ketayotganida amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 11 va 77-bandlari talablarini buzib, axlatxona yonidan o‘tib ketayotgan Yu.N. va bolalar aravachasida bo‘lgan, 2020 yilda tug‘ilgan S.A.ni avtomashina o‘ng tomon g‘ildiragi bilan bosib ketgan.
Natijada Yu.N. va voyaga yetmagan S.A. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi