Buxoroda 63 yoshli aka o‘z singlisini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Buxoroda 63 yoshli fuqaro yer-joy talashib, 58 yoshli singlisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati QALAMPIR.uz’ga xabar berdi. 

Qayd etilishicha, aka-singil ma’lum vaqt davomida yer-joy talashib yurgan. Ushbu mojarolar keyinchalik janjalga aylanib, jahl ustida aka o‘z singlisini pichoqlab qo‘ygan. 

Xabarga ko‘ra, aka singlisining ko‘krak qafasi hamda bel sohasiga oshxona pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Hodisa oqibatida ayol og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida ayblanuvchi qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

496

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing