Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini pichoqladi (video)
3-sahifa
−
14 Oktabr
15027Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Kogon shahridagi “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJga qarashli idora oldida bir erkak tomonidan ayol kishi va yigitning pichoqlangani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bizga ma’lum qilishicha, kecha, 13 oktyabr kuni taxminan soat 13:10 da Kogon shahrida 1971 yilda tug‘ilgan A. G. (erkak) oldindan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida tanishlari 1963 yilda tug‘ilgan N.A. (ayol) hamda 1995 yilda tug‘ilgan U. D. (erkak)ni qasddan o‘ldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urishi oqibatida U. D. shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25- (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida er xotinini ish joyida pichoqlagandi.
LiveBarchasi