Buxoroda 23 ta savdo do‘koni yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan 23 ta savdo do‘konida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 avgust kuni soat 02:05 da Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo do‘konlari (xalq tilida eski PMK savdo majmuasi)da yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta  yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etilgan. Yong‘in joyiga soat 02:07 da yetib borib, savdo do‘konlarining taxminan 700 metr kvadrat maydonga tarqalib yonayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan va soat 03:11 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida Ibn Sino ko‘chasi yo‘li yoqasida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli 2 qavatli 15 ta do‘konning  ichki tovar mahsulotlari va shift qismi yongan bo‘lib, xuddi shu manzilda bo‘lgan Buxoro markaziy dehqon bozorida joylashgan 1 qavatli savdo pavilonidagi 8 ta savdo do‘konlari (jami 23 ta savdo do‘koni) ichida bo‘lgan tovar moddiy boyliklari va do‘kon jihozlari zarar ko‘rgan.

Yong‘in oqibatida insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

“Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnik ekspertizasi tayinlangan. Voqea joyiga viloyat sektor rahbarlari, FVB, Milliy gvardiya boshqarma boshliqlari va boshqa mas’ul rahbarlar jalb etilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing