Buxoroda 2 kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 2 kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.Sh. va uning jinoiy sherigi U.J. ushlangan.

Ular 2 nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing