Buxoroda 17 yosh qizni foxishalikka majburlagan ayol ushlandi
3-sahifa
−
03 mart 2023 12114 1 daqiqa
Joriy yilning 15 fevral kuni Buxoro viloyati Buxoro tumani Saxovat mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan ayol Kogon tumani Tutkunda qishlog‘ida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan qizni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga jalb qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Mijoz sifatida kelgan fuqarodan 1,1 mln so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 131-modda (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismiga ko‘ra ayblanuvchi (voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda fohishaxona tashkil etish) 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Live
Barchasi