Buxoroda 10 nafar erkak bilan jinsiy aloqa qilgan tanosil kasali bor ayolga jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 26 yoshli ayol 10 nafar erkakka ataylab tanosil kasalligini yuqtirgani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qorako‘l tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan ayol tergov-venerologiya klinikasida shu yilning 20 mayidan beri jinsiy kasallik yuqtiruvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Unda tanosil kasalligi aniqlangan. Kasallik mavjudligini bilib turib, qasddan jinsiy aloqa qilish holatlari uchun javobgarlikka tortilish to‘g‘risida yozma ogohlantirilgan.

Shunga qaramay, joriy yilning 25 mayidan 6 iyunigacha, u o‘z kasalligini bila turib, 10 dan ortiq 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkak bilan turli joylarda himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinsiy aloqa

Baholaganlar

2311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing