Buxoroda hindistonlik talaba kursdoshini noutbuk bilan urib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida tahsil olayotgan Hindiston fuqarosi, 22 yoshli tibbiyot talabasi janjal oqibatida vafot etdi. Ushbu voqeada gumonlanayotgan yana bir hindistonlik talaba huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda “Onmanorama” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, marhuma Savariya Kerala shtatining Alappuja tumanidan bo‘lgan. Hodisada gumonlanayotgan shaxs esa Malappuram tumanida tug‘ilgan uning 23 yoshli kursdoshi Sadharul Anam ekani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea taxminan to‘rt kun avval ikki talaba o‘rtasida yuzaga kelgan janjal vaqtida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi qizning boshiga noutbuk bilan zarba bergan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, talaba ichki qon ketishi sabab yuzaga kelgan asoratlar oqibatida vafot etgan.

Marhumaning oila a’zolari bergan ma’lumotga ko‘ra, gumonlanuvchi O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘sha kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Qayd etilishicha, marhumaning jasadi Hindistonga olib ketilgan va yaqin kunlarda tug‘ilib o‘sgan hududida dafn etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida 22 yoshli qiz va uning tanishi bo‘lgan 51 yoshli xitoylik erkak pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing