Buxoroda harbiy prokuror daraxtlarni “o‘ldirgani” tekshirilmoqda
Jamiyat
−
29 Sentabr 2022
5265Avvalroq Buxoro viloyatida harbiy prokuror qimmatbaho daraxtlarni kestirib tashlagani haqida xabar bergan edik. Unda 2022 yil may oyida Buxoro harbiy prokuraturasi ma’muriy binosi orqa hovlisidagi oshxona bilan issiqxona o‘rtasidagi 6 tup ko‘p yillik Aylanta daraxtlarini kestirib tashlagani aytilgandi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qimmatbaho daraxtlar prokuror boshchiligida kesilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Respublika Harbiy prokuraturasi tomonidan tekshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi daraxtlar kesilgani fakti bo‘yicha munosabat bildirmadi.
LiveBarchasi