Buxoroda ham avtobuslar naqd puldan voz kechadi

Jamiyat

−

image

Buxoro shahrida harakatlanayotgan jamoat transportlarida ham yo‘lkira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimining “Buxoro shahrida jamoat transportida yo‘l- kira haqini naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Birinchi bosqichda 2026 yil 1 fevraldan:

  • 2-sonli Buxoro ASHB—Sitora bozor;
  • 5-sonli F.Xo‘jayev MFY—To‘qimachi bosh bekati;
  • 10-sonli Alpomish ko‘chasi—Shayxon MFY;
  • 17B-sonli Chorbakr bosh bekati—Aeroport;
  • 19-sonli Karvon bozori—Karvon shopping;
  • 33-sonli Trikotaj fabrikasi—Mohi Xosa sanatoriyasi;
  • 1-sonli Buxoro ASHB—Zarmanoq avtobus yo‘nalishlarida yo‘lkira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 1 yanvardan boshlab Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatilgandi.

 

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing