Buxoro viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Botirjon Shahriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Shahriyorov 1971 yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1998 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2004 yili O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-iqtisodchi, huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1994 yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining "SANIIRI" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kichik ilmiy xodimi sifatida boshlab, Toshkent shahar Hamza va Yakkasaroy tumanlari va Toshkent shahar Davlat soliq organlarida sho‘’ba, bo‘lim boshlig‘i va inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari (1995-2004), Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil boshqarmasining byudjet-soliq, pul kredit siyosati bo‘limi, keyinchalik Yig‘ma axborot-tahlil departametining hududlarni rivojlantirish masalalari iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yig‘ma axborot-tahlil departametining hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi (2004-2005), Toshkent shahar hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari (2005-2007), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-nazorat xizmati inspektori (2007-2009), O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish boshqarmasi boshlig‘i (2009-2011), Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bosh direktori v.b. (2011-2014), “Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2014-2015), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i (2015-2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan.  

Botirjon Shahriyorov 2017 yil 18 avgustdan buyon viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro hokim

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing