Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 mart kuni Buxoro shahar faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar hokimligi apparati mas’ul xodimlari, shahardagi davlat boshqaruvi hamda huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Viloyat hokimi Karim Kamolov olib borgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Buxoro viloyat hokimining qaroriga asosan Buxoro shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatining hokimi O‘ktam Barnoyev Bosh vazir maslahatchisi etib tayinlangandi. Shundan so‘ng Buxoro shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Karim Kamolov viloyat rahbari etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro shahar O'tkir Jumaev

Baholaganlar

189

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing