O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 13 fevral kuni Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Buxoro viloyat hokimining 2021 yil 12 fevraldagi tegishli qaroriga asosan Buxoro shahar hokimi lavozimiga O‘tkir Hikmatovich Jumayevni tasdiqlash masalasi ovozga qo‘yildi. 

Nomzod shahar faollari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

O‘tkir Jumayev 1997 yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011 yil prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'tkir Jumaev

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing