Bo‘kada yurib ketayotgan Matiz’da yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 15 avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yo‘lda yurib ketayotgan Matiz’da yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat tahminan 12:00 larda D020 “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod shahar” avtomobil yo‘lining 35-kilometrida 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv sababli yong‘in chiqqan. 

Bildirilishicha, hodisa oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov qisman yonib ketgan. Hozirda yong‘in to‘liq o‘chirilib, holat yuzasidan Bo‘ka tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “zapravka”da yong‘in chiqib, oqibatda KIA Bongo, Damas va Gentra rusumli avtomobillar alanga ichida qolib ketgan edi. Hodisa tufayli tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bo'ka Matiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing