Bugunning o‘zida koronavirusga qarshi vaqsinaning ikkinchi partiyasi keltirildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekistonga Polshadan 252 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bunga qadar ushbu vaksinadan mamlakatga:

  • 17 martda 660 000 doza;
  • 16 iyunda 50 000 doza;
  • 14 avgustda 276 480 doza;
  • 11 sentyabrda 356 000 doza keltirilgandi.

Bundan tashqari, bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekistonga AQSH va Yevropada tan olingan 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi.

Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 24 254 540 dozani tashkil qilmoqda. 

Ulardan: 

  • 1 594 480  dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 460 000 dozasi “Sputnik V”, 
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing