Bugungi Apple taqdimotida iPhone 12 namoyish etiladimi?

Texnologiya

image

Bugun, 15 sentyabr kuni kechqurun Apple o‘zining yangi mahsulotlarini namoyish etadi. Bunday taqdimot har yili sentyabr oyida o‘tkazilishi an’ana tusiga kirgan. Unda, odatda, iPhone flagmanlari namoyish qilinardi. Bu safar ham kompaniya iPhone 12 taqdimotini rejalashtirgandi. Ammo, an’ana buziladiganga o‘xshaydi.

IT-jurnalist va insayder Mark Gurman Apple kompaniyasining yangi mahsulotlari orasida iPhone 12 bo‘lmaydi degan fikrda. Oldin u birinchilardan bo‘lib, kompaniya iPad ishlab chiqarayotgani haqida xabar bergan. iPhone 4s va Siri haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan. iPhone 5 ning birinchi fotosuratlarini namoyish etgan. Gurman kam xato qiladigan odam sifatida obro‘ga ega. Bugun o‘tkaziladigan taqdimotda uning vaziyatni oldindan bilish qobiliyati yana bir bor sinovdan o‘tadi. 

"iPhone 12 namoyishi bugungi taqdimotda bo‘lmaydi", degan fikrni boshqa taniqli insayder Jon Prosser ham ilgari surmoqda (u Mark Gurmandan ko‘proq adashadi). 

Ular koronavirus pandemiyasi ta’siridagi ta’minot muammolari tufayli iPhone 12 oktyabr oyida namoyish etiladi, deb hisoblashmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Apple yangi Apple Watch aqlli soatlari, yangilangan iPad Air, kichikroq HomePod kolonkalari va quloqchinlarni namoyish etishi kutilmoqda.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing