Bugungacha “Sardoba” toshqinidan zarar ko‘rgan nechta uy ta’mirlandi?

Jamiyat

image

"Sardoba" suv toshqini talofatlarini bartaraf etish uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19  maydagi 294-son qaroriga asosan jami 129,7 mlrd so‘m ajratildi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifing paytida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ichimlik suv ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun 65,6 mlrd so‘m, ko‘p qavatli uylarning ichimlik va oqova suv ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun 64,2 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.

Ushbu mablag‘ hisobidan jami 16 ta ob’ektda 106,5 km ichimlik suv, 15,0 km oqova suv tarmog‘i, 14 ta suv inshooti, 4 ta oqova suv tozalash inshooti va oqova suv haydash nasos stansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya ishlarini amalga oshiriladi.

20 iyun holatiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarining 40-45 foizi bajarilgan.

Ma’lum qilinishicha, Oqoltin tumani “Saxovat” mahallasidagi 12 ta, Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasidagi 11 ta, Sardoba tumani “Yurtdosh” hamda “Qo‘rg‘ontepa” mahallalaridagi 13 ta jami 36 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanishi bo‘yicha loyiha oldi ishlari amalga oshirilib, ekspertizadan o‘tkazilgan.

Hisob-kitob qilinishicha, ko‘p xonadonli uy-joylarni ta’mirlash va ularning tutash hududini tiklash hamda obodonlashtirish uchun jami 19,1 mlrd. so‘m mablag‘ talab etiladi. Xususan, uylarni ta’mirlash uchun 12,1 mlrd. so‘m va obodonlashtirish ishlariga 7,0 mlrd.so‘m sarflanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing