Bugundan zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish boshlanadi
Jamiyat
−
19 avgust 2019
6556Bugun, 19 avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani va Surxondaryo viloyatning ma’muriy markazi Termiz shahrida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlanadi.
Shuning uchun fuqarolardan xonadonlarida 2 oy davomida voyaga yetgan shaxsning bo‘lishini ta’minlash hamda imkon qadar hozirda mavjud hisoblagichingiz ko‘rsatkichini foto suratga olib qo‘yish so‘ralmoqda.
Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod va Sergeli tumanlaridagi 240 mingdan ziyod aholi iste’molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi.
Ta’kidlash joiz, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda.
Yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar poytaxtning barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi