Bugundan Kanadada koronavirus bilan bog‘liq qoidalar kuchaytirildi

Olam

image

Bugun, 10 oktyabrdan boshlab Kanadada koronavirus bilan bog‘liq qoidalar kuchaytirildi. Poytaxt Ottava va mamlakatning eng yirik shahri Torontoda yashovchilarga bar, restoran, sport zallari, kinoteatrlar va kazinolarga borish taqiqlandi. Bu haqda SBS xabar berdi. 

Ushbu choralar Ontario janubidagi Pil hududiga ham tegishli. Ular kamida 28 kun davom etadi. 

Ontario rasmiylari odamlarni uylaridan faqat o‘ta zarur bo‘lganda chiqishga chaqirgan. Ammo maktablar va bolalar bog‘chalari hozircha ochiq qolmoqda. 

Rasmiylarning fikriga ko‘ra, agar vaziyat shunday davom etsa, hudud Italiya shimoli yoki Nyu-Yorkdagi kabi "eng yomon ssenariylarga" duch kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun pandemiya boshlanganidan beri Ontarioda koronavirus infeksiyasi yuqtirganlarning umumiy soni 57 mingdan oshgan. 2 ming 997 nafar o‘lim holati kuzatilgan. 

Kanadada umumiy hisobda 178 mingdan ko‘p kasallar ro‘yxatga olingan, 9 ming 586 kishi vafot etgan. 149 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 37 milliondan oshdi. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing