Bugundan AQSHga kirish taqiqlanadi
Olam
−
22 aprel 2020
5508AQSH Prezidenti Donald Tramp 22 aprel kuni koronavirus pandemiyasining salbiy iqtisodiy oqibatlari tufayli muhojirlarni 60 kunga qabul qilishni vaqtincha taqiqlash to‘g‘risida farmonni imzolashini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Trampning ta’kidlashicha, cheklov AQSHda doimiy yashash uchun ruxsat olishni istaganlar – Green Card egalariga qo‘llaniladi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu choralar inqiroz tufayli ishsiz qolgan amerikaliklarning ish joylarini himoya qilish uchun ko‘rilmoqda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ikki oy ichida u va bir guruh ekspertlar iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqqan holda ushbu taqiqni uzaytirish yoki o‘zgartirish zarurligini o‘rganab chiqadi.
LiveBarchasi