Bugun Jo Bayden AQSH tarixiga kiradi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 25 mart kuni AQSH Prezidenti Jo Baydenning prezidentlik davridagi ilk matbuot anjumanini o‘tkazish rejalashtirilgan.  

Bayden prezidentligining 65-kunida jurnalistlarning savollariga javob beradi. 

Ta’kidlanishicha, bu AQSH tarixida yangi davlat rahbarining eng kechikkan matbuot anjumani bo‘ladi. 

Baydendan oldingi barcha AQSH Prezidentlari lavozimlarini egallaganidan so‘ng dastlabki ikki oy ichida matbuot anjumani o‘tkazgan. 

Tadbirning aniq vaqti haqida ma’lumot berilmagan, ammo taxmin qilinishicha, u mahalliy vaqt bilan tushdan keyin o‘tkaziladi. 

Shuningdek, ushbu rekord kechikish sababi ham oshkor qilinmagan. 

Kechikish bilan bog‘liq eng keng tarqalgan taxminlarga ko‘ra, Baydenning jamoasi uning xato qilib qo‘yishidan qo‘rqadi. Bundan tashqari, Baydenning salomatligi yaxshi emasligiga oid taxminlar ham mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing