Bugun Yevro-2024 doirasida 3 ta o‘yin o‘tkaziladi

Sport

image

Kecha, 14 iyun kuni Germaniya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 17-Yevropa chempionati bahslari start oldi. Ochilish o‘yinida mezbonlar Shotlandiya bilan bahs olib borib, yirik 5:1 hisobida zafar quchdi.

Bugun, 15 iyun kuni Yevro-2024 ning 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. “A” guruhining ikkinchi o‘yinida Vengriya Shveysariya bilan bahs olib borsa, “B” guruhida Ispaniya-Xorvatiya va Italiya-Albaniya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Vengriya-Shveysariya o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:00 da, 1-turning markaziy o‘yini sifatida qaralayotgan Ispaniya-Xorvatiya bahsi esa 21:00 da boshlanadi. Bugungi uchrashuvlarni yakunlab beruvchi Italiya-Albaniya bahsi 23:00 ga belgilangan.

Ma’lumot uchun, Yevro-2024 bahslari 14 iyulga qadar davom etadi. 6 ta guruhda 1-2 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar va 3-o‘rinni band etgan eng yaxshi 4 ta jamoa nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Italiya terma jamoasi musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing