Bugun YeCHL start oladi. Markaziy uchrashuv Parijda o‘tkaziladi

Sport

image

Bugun, 6 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2022-2023 yilgi mavsumi start oladi.

1-turning markaziy uchrashuvi Parijda bo‘lib o‘tadi. Frnatsiyaning bayroqdor klubi PSJ Turinning (Italiya) “Yuventus” klubini mehmon qiladi.

Turnirning amaldagi chempioni “Real Madrid” klubi  esa Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi maydoniga safar uyushtiradi.

Yana bir qiziqarli to‘qnashuvda “Sevilya” musobaqa g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan biri “Manchester Siti” bilan kuch sinashadi.

6 sentyabr kunigaga belgilangan barcha uchrashuvlar ro‘yxati bilan tanishing:

“Borussiya Dortmund” (Germaniya) – “Kopengagen” (Daniya);

Soat19:45 da (boshlanish vaqti), “Signal Iduna Park” (uchrashuv o‘tkaziladigan stadion).

“Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) – “Chelsi” (Angliya);

Soat 21:45 da, “Maksimir”.

PSJ (Fransiya) –“Yuventus” (Italiya);

Soat 00:00 da, “Park de Prens”.

“RB Leypsig” (Germaniya) – “Shaxtyor” (Ukraina);

Soat 00:00 da, “Red Bull Arena Leypsig”.

“Seltik” (Shotlandiya) – “Real Madrid” (Ispaniya);

Soat 00:00 da, “Seltik Park”.

“Sevilya” (Ispaniya) – “Manchester Siti” (Angliya);

Soat 00:00 da, “Ramon Sanches Pizxuan”.

“Benfika” (Portugaliya) – “Makkabi Hayfa” (Isroil);

Soat 00:00 da, “Estadio da Lush”.

“Red Bull” ( Avstriya” – “Milan” (Italiya);

Soat 00:00 da, “Red Bull Arena”.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

42

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing