Bugun O‘zbekistonning 5 hududida chang-to‘zon bo‘ladi
Bu qiziq
−
09:33 6510 1 daqiqa
Bugun, 31 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanishi, shuningdek, oyning ilk kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, keyinchalik esa 3–5 darajaga pasayishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi