Bugun o‘zbekistonlik olimpiyachilar Afrika termasi bilan kuch sinashadi

Sport

image

Bugun, 7 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Afrikaning Mali jamoasi bilan bahs olib boradi.

Temur Kapadze shogirdlari Olimpiada oldidan tayyorgarlik ko‘rish uchun maliliklarga qarshi 2 ta o‘yinda maydonga tushadi. Jamoalarning 2-o‘yini 10 iyun kuniga belgilangan.

Qayd etish joiz, Mali Olimpiya terma jamoasi ham Parijda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Mali o‘rtasidagi har ikki o‘yin soat 19:00 da start oladi. Har ikki uchrashuvga Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Mali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing