Bugun O‘zbekiston Venesuela bilan o‘ynaydi
Sport
−
28 mart 2023 6200 1 daqiqa
Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 28 mart kuni Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
28 martga o‘tar kechasi terma jamoa a’zolari bo‘lajak raqibga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi.
Bundan avval sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets shogirdlari Boliviyaga qarshi bahs o‘tkazib, 1:0 hisobida zafar quchgandi. Yagona gol terma jamoa sardori Eldor Shomurodov tomonidan kiritilgandi.
O‘zbekiston-Venesuela o‘yini soat 23:00 da start oladi. Uchrashuv Jidda shahridagi “King Abdullah Sport City” stadionida o‘tkaziladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr