Bugun O‘zbekiston U-20 jamoasining hayot-mamot masalasi hal bo‘ladi

Sport

image

Ayni kunlarda Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 26 may kuni musobaqaning 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

“A” guruhidan o‘rin olgan Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida Gvatemalaga qarshi to‘p suradi. O‘zbekiston vakillarini g‘alabadan boshqa natija qanoatlantirmaydi. So‘nggi turda O‘zbekiston Gvatemala ustidan 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa hamda Argentina Yangi Zelandiyani mag‘lub etsa, O‘zbekiston 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadi.

Agar Okeaniya vakili oxirgi turda Argentinaga yutqazmasa (durang yoki g‘alaba), unda O‘zbekiston 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Ma’lumki, kichik mundialda 6 ta guruhda 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa ham pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 3-o‘rinni egallaganlar reytingini tuzishda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi:

• To‘plangan ochkolar;

• To‘plar farqi;

• Urilgan gollar soni;

• "Halol o‘yin" ochkolari (sariq va qizil kartochkalar sarhisobi)

• Qur’a.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Gvatemalaga qarshi 3-tur o‘yinida to‘liq oq libosda o‘ynaydi. Uchrashuvni esa, misrlik Muhammad Ma’ruf boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda jazoirlik Abbos Akram hamda marokashlik Zakariya Brinsi yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Buh ishlaydi. Videotakrorlar bilan bosh hakamga yordam berish uchun misrlik Amr Al-Shinavi hamda marokashlik Hamza Al-Fariq tayinlandi. 

O‘zbekiston – Gvatemala bahsi Toshkent vaqti bilan 27 mayga o‘tar kechasi, soat 02:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Ravshan Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing