Bugun Turkiyadagi barcha chiroqlar G‘azodagi bolalar xotirasi uchun o‘chiriladi
Olam
−
20 noyabr 2023
4575Bugun, 20 noyabr – Jahon bolalarni himoya qilish kunida soat 21:00 da Turkiyada G‘azo va butun Falastinda yashovchi bolalar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash uchun noodatiy miting bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
“Biror narsa qiling” nomini olgan aksiya Anqara yordam platformasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Aksiya doirasida soat 21:00 da Turkiya va boshqa mamlakatlar aholisi G‘azo sektoridagi bolalar o‘limiga e’tibor qaratish uchun chiroqlarini o‘chiradi va yoqadi.
“Bugun Isroilning G‘azo sektoridagi qirg‘inlarining 44-kunidir. Urush jinoyati sifatida tasniflangan Isroil hujumlarida 13 mingdan ortiq G‘azo fuqarosi halok bo‘ldi. Ular orasida minglab bolalar va go‘daklar ham bor”, deyiladi Platforma bayonotida.
Qayd etilishicha, kampaniya Isroilning bolalarga qarshi jinoyatlari tugaguncha davom etadi.
Shuningdek, “Biror narsa qiling” aksiyasi davomida yaratilgan kontent va foto-video materiallar ijtimoiy tarmoqlarda #birşeyyap va #dosomething heshteglari bilan tarqatilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi