Bugun Trampning kelajagi hal bo‘ladi 

Olam

image

AQSH Senatidagi Demokratlar va Respublikachilar rahbarlari Chak Shumer va Mitch Makkonnell Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Trampning impichment protsedurasi qoidalari to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda Shumer qonun chiqaruvchi organdagi nutqi paytida aytib o‘tgan. 

Jarayon kelishuvlarga muvofiq, bugun, 9 fevral kuni boshlanadi. 

Avval, AQSHning sobiq rahbariga nisbatan impichment tartibining konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida to‘rt soatlik bahs-munozaralar bo‘lib o‘tadi. 

Shumerning ta’kidlashicha, impichment bo‘yicha kelishuvga erishilgan format "juda adolatli". 

Makkonnellning qo‘shimcha qilishicha, reglamentga binoan, qoralovchi va oqlovchi so‘zga chiqish imkoniyatiga ega, buning uchun ularga teng vaqt beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, sobiq Prezident Donald Tramp impichment ishi bo‘yicha guvohlik bermaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp impichment

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing